6 daqiqa
224
4.93
Bahorgi trend kurtkalar!
Tarkib
- Ayollar uchun trendlar: nafislik, qulaylik va dadil aksentlar
- Erkaklar uchun trendlar: qulaylik va funksionallik
- Bolalar uchun trendlar: yorqinlik va qulaylik
- Zamsimon bomber
- Abadiy trench
- Nostandart denim
- Yengil shamolga qarshi kurtka (vetrovka)
- Qavishgan (stegany) kurtka
- Chore jacket (qalin matodan ish uslubidagi kurtka)
- Qizlar uchun stegan kurtkalar
- O‘g‘il bolalar uchun bomber
- Yorqin ranglar
- Yevropa va AQSHdagi onlayn-do‘konlardan tovarlarga qanday buyurtma berish va ularni O‘zbekistonga yetkazib berish mumkin?
Quyoshli, ammo hali ham o‘zgaruvchan bahor kunlariga tayyorgarlik ko‘rish vaqti keldi. Bahorgi obrazning asosiy elementi – bu ustki kiyim. Eng zamonaviy modellani qayerdan topish mumkin? Albatta, AQSH va Yevropaning onlayn do‘konlarida!
Biz yetakchi brendlar kolleksiyalarini tahlil qilib, 2026-yil bahor mavsumining ayollar, erkaklar va bolalar uchun eng asosiy ustki kiyim trendlarini tayyorladik. Onlayn tarzda foydali xarid qiling, Meest Shopping esa xaridlaringizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uyingizgacha yetkazib beradi!
Ayollar uchun trendlar: nafislik, qulaylik va dadil aksentlar
Bu bahor ayollar modasi turli fakturalar va siluetlarni taklif qiladi. Dizaynerlar qulaylikka e’tibor qaratishmoqda, ammo obrazni ajratib turadigan effektli detallarni ham unutishmayapti.
Zamsimon bomber
Sun’iy zamsdan tayyorlangan, tabiiy va yumshoq ranglardagi bomberlar mavsumning haqiqiy xiti. Bunday kurtka obrazga darhol nafislik va yengil erkinlik beradi. U ko‘p qatlamli obrazlar uchun ideal: uni jinsi shimlar, yengil ko‘ylaklar yoki keng shimlar bilan kiyish mumkin.
Abadiy trench
Trench – garderobga uzoq muddatli investitsiya bo‘lib, u hech qachon modadan chiqmaydi. 2026-yilda klassik bej rangli, to‘g‘ri kesimdagi modellari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bu universal kiyim bo‘lib, u ish kostyumidan tortib sport shimlari va krossovkalargacha hamma bilan mos tushadi. Sifatli matodan tikilgan modelni tanlasangiz, u sizga ko‘p yillar xizmat qiladi.
Nostandart denim
Jinsi kurtka – klassika, ammo bu mavsum dizaynerlar unga yangicha qarashni taklif qilishmoqda. Trendda – ishlov berilmagan, to‘q va boy rangdagi denimdan tayyorlangan modellari. Yuqori yoqali, yashirin tugmali yoki assimetrik detalli kurtkalarga e’tibor bering. Bunday kurtka casual obrazingizning asosiy aksenti bo‘ladi.
Erkaklar uchun trendlar: qulaylik va funksionallik
Bu bahor erkaklar modasi qulaylik, texnologik materiallar va zamonaviy ko‘rinish uyg‘unligiga e’tibor qaratadi. Kurtkalar yengilroq bo‘ladi, ammo funksionalligini yo‘qotmaydi.
Yengil shamolga qarshi kurtka (vetrovka)
Bahorning o‘zgaruvchan ob-havosi uchun vetrovka juda zarur. Bu mavsum baland yoqali va minimalistik dizayndagi modellarga e’tibor bering. Zamonaviy materiallar bunday kurtkalarni deyarli vaznsiz qiladi, ammo ular shamol va yomon ob-havodan yaxshi himoya qiladi. Bej yoki och kulrang kabi neytral ranglar har qanday garderobga mos keladi.
Qavishgan (stegany) kurtka
Stёgan kurtkalar hali ham juda mashhur. Bahor uchun yupqa issiq qatlamli yengil modellari ideal hisoblanadi. Ular kundalik nafis obrazlar yaratish uchun juda mos. Masalan, shokolad rangiga o‘xshash chuqur rangdagi modellarga e’tibor bering. Bunday kurtka jinsi shimlar bilan ham, klassik shimlar bilan ham chiroyli ko‘rinadi.
Chore jacket (qalin matodan ish uslubidagi kurtka)
Mustahkam va zamonaviy kurtka – utilitar modadan kirib kelgan trend. U qalin kanvas matodan tayyorlanadi va juda bardoshli hamda amaliy hisoblanadi. Oddiy kesim, katta tashqi cho‘ntaklar va qayrilma yoqa uni universal qiladi. Denim, chinos shimlari va botinkalar bilan juda yaxshi uyg‘unlashib, erkin va erkakona obraz yaratadi.
Bolalar uchun trendlar: yorqinlik va qulaylik
Bolalar modasida har doim birinchi o‘rinda qulaylik va amaliylik turadi. Bu bahorda kichkina modachilar uchun kurtkalar yorqin ranglar, yoqimli detallar va qulay kesimni birlashtiradi.
Qizlar uchun stegan kurtkalar
Yengil qavishgan kurtkalar qizlar uchun ideal tanlov. Ular issiq, ammo harakatni cheklamaydi. Bu mavsum ayniqsa shaklli qavish naqshli modellari mashhur. Lavanda yoki pushti kabi pastel va yorqin ranglar bunday kurtkalarni har bir kichkina malikaning sevimli kiyimiga aylantiradi.
O‘g‘il bolalar uchun bomber
Bomber – faol o‘g‘il bolalar uchun qulay va zamonaviy kurtka. Kapyushonli modellari yanada amaliy bo‘lib, kutilmagan yomg‘irdan himoya qiladi. Trikotaj manjetli va yoqali kurtkalarni tanlang – ular tanaga yaxshi yopishadi va issiqlikni saqlaydi.
Yorqin ranglar
Bir nechta yorqin ranglarni birlashtirgan rang blokli kurtkalar bolaning garderobiga ko'proq jonlilik qo'shishning ajoyib usuli hisoblanadi. Bu uslublar dinamik va zamonaviy ko'rinadi. Ular kundalik sayohatlar uchun amaliy tanlovdir, chunki yorqin matolar mayda dog'larni kamroq sezadi.
H&M, Zara, Lefties, Zalando, Pepe Jeans va boshqa minglab onlayn-do'konlarda butun oila uchun mukammal tashqi kiyimni tanlang! Meest Shopping bilan ajoyib takliflar dunyosini kashf eting va 2026-yil bahorini zamonaviy tarzda kutib oling!
Yevropa va AQSHdagi onlayn-do‘konlardan tovarlarga qanday buyurtma berish va ularni O‘zbekistonga yetkazib berish mumkin?
1. Meest.shopping veb-saytida shaxsiy hisobingizda ro'yxatdan o'ting yoki Meest Shopping mobil ilovasini (Google Play va App Store) yuklab oling. Xorijiy onlayn-do'kon buyurtmalaringizni etkazib beradigan chet eldagi shaxsiy ID raqami va manzillarini oling.
2. Xorijiy onlayn-do'konda xarid qiling. Buyurtmani joylashtirishda xarid qilingan mamlakatdagi xalqaro omborimiz manzilini va uning telefon raqamini ko'rsating va ism yoniga ro'yxatdan o'tish paytida olingan shaxsiy ID raqamini qo'shing. Barcha kerakli ma'lumotlar ilovada yoki veb-saytda mavjud.
3. Onlayn xaridingizni Meest Shopping shaxsiy kabinetida yoki mobil ilovasida roʻyxatdan oʻtkazing, uning joʻnatilishini tasdiqlang, yetkazib berish uchun toʻlovni amalga oshiring va buyurtma kelishini kuting.
Hammasi shu, xaridingizni oling va Meest Shopping bilan xorijiy onlayn xaridlar dunyosiga kirib boring, chunki bu foydali.













